Barcha yangiliklar
Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.
Gallery image 86216
Gallery image 86217
Gallery image 86218
Gallery image 86219
Gallery image 86220
Gallery image 86221
Gallery image 86222
Gallery image 86223
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
13 Fev 2026
14:36

Buloqboshi tumani Sharqyulduzi MFY hududida joylashgan maktab deputat tomonidan borib o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 17-SharqYulduzi saylov okrugidan saylangan deputat Karimov Shamshidin tomonidan 20-maktabning mavjud sharoitlari va ta’lim jarayoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida maktab binosining umumiy holati, sinf xonalarining jihozlanganligi, o‘quv qurollari va texnik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi, kutubxona va boshqa yordamchi xonalarning faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sanitariya-gigiyena talablari, isitish va yoritish tizimlarining holati ham tahlil qilindi. Ta’lim jarayonini o‘rganish jarayonida o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi, dars mashg‘ulotlarining sifati, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari atroflicha tahlil qilindi. Dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish holati ham ko‘rib chiqildi.