Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 86189
Gallery image 86190
Gallery image 86191
Gallery image 86192
Gallery image 86193
Gallery image 86194
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
13 Fev 2026
13:54

Saylovchilar bilan uchrashuv

Deputat O.Allaberdiyev “Saroy” mahallasida

📍 Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 3-Saroy saylov okrugidan saylangan deputat O.Allaberdiyev xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining 2026-yilning I yarim yilligi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga asosan “Saroy” mahallasida joylashgan 4-sonli maktabda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda mahalla faollari va fuqarolar hududdagi eng og‘riqli masala — elektir simyog'ochlarni almashtirish masalasi o‘rtaga tashladilar. Mahallaning Robatak va Kuba ko‘chalarida elektir sim yog'ochlar talabga javob bermasligi qattiq e’tirozlarga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

📝 Deputat O.Allaberdiyev tomonidan barcha murojaatlar alohida nazoratga olindi. Muammolarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.

📎 Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish va mahallalardagi holatni o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.