Barcha yangiliklar
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
Gallery image 86151
Gallery image 86152
Gallery image 86153
Gallery image 86154
Gallery image 86155
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
13 Fev 2026
13:31

Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

 Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati R.Uzaqov hamda XDP tuman Kengashi raisi A.Ergashev “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla raisi 2026-yil yanvar oyi davomida “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasida amalga oshirilgan ishlar, xususan: mahalla binosida olib borilgan taʼmirlash ishlari, ko‘chalardagi obodonlashtirish jarayonlari, mavjud muammolarning bartaraf etilishi borasidagi natijalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, 2026-yilda mahallada bajarilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, yoshlarga oid loyihalarni kengaytirish va mahalla ichki yo‘llarini yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Deputat mahalla yettiligi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tinglab, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovini chiqarishini ta’kidladi.