Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 85992
Gallery image 85993
Gallery image 85994
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
13 Fev 2026
10:17

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Dilshunos Abdullayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Xusnara Berdiyorova hamda tuman Kengashi deputati Asqarali Odilovlar Madaniyat hamda “Sohil” mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldilar.

Uchrashuv davomida fuqarolarning turmush sharoiti yaqindan o‘rganilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Xonadonlarda mavjud ijtimoiy, moddiy hamda maishiy masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi belgilandi.

Shuningdek, ayrim oilalarga zarur tavsiyalar berilib, murojaatlar nazoratga olindi. Ushbu tashrif aholining dardini eshitish, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.