Barcha yangiliklar
Farg‘ona tumanida agrar sohadagi dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi
Gallery image 85945
Gallery image 85946
Gallery image 85947
Gallery image 85948
Gallery image 85949
Gallery image 85950
Gallery image 85951
Gallery image 85952
Gallery image 85953
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
12 Fev 2026
09:24

Farg‘ona tumanida agrar sohadagi dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi

 Farg‘ona tumanida agrar sohadagi
dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi
 

  

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan Kengash huzuridagi “Agrar, suv xo‘jaligi
va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi.Yig‘ilishni
komissiya raisi Muyassar Tojiboeva olib bordi. Yig‘ilish davomida agrar sohani rivojlantirish,
qabul qilingan qarorlar ijrosi, shuningdek, davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan
ishlar muhokamaning markazida bo‘ldi.
 

🔹 Muhokamalar jarayonida ayrim
mas’ul rahbarlarning yig‘ilishda ishtirok etmaganligi va hisobotlarning o‘z vaqtida
taqdim etilmaganligi keskin tanqid qilindi. Xususan, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi,
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi hamda Fermerlar kengashi mas’ullarining
mas’uliyatsiz munosabati komissiya a’zolari tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab
bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat boshqarmalariga tegishli chora ko‘rish bo‘yicha
so‘rov kiritish taklifi ilgari surildi.
 

🔹 Komissiya faoliyatida intizom,
mas’uliyat va ijro samaradorligi ustuvor ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.