Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan umumta’lim maktabida dars jarayonlari o‘rganildi
Gallery image 85921
SIDIKOVA SHAXNOZA BAXTIYOR QIZI
22 Yan 2026
00:00

Deputat tomonidan umumta’lim maktabida dars jarayonlari o‘rganildi

📍Deputat tomonidan umumta’lim maktabida dars jarayonlari o‘rganildi

🖋Mahalla raisi hamda hudud deputati tomonidan tumandagi umumta’lim maktabida dars jarayonlari o‘rganildi. O‘rganish davomida fanlar kesimida darslarning olib borilishi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish holati hamda o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasi tahlil qilindi.

📍Shuningdek, sinf xonalarining jihozlanganligi, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi va ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. 

🖋Mazkur o‘rganishlar ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun qulay va samarali ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O'rta chirchiq tuman Kengashi!