Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Gallery image 85815
Gallery image 85816
Gallery image 85817
Gallery image 85818
Gallery image 85819
MAMATQULOV MUSTAFAQUL BAHRIDDIN O‘G‘LI
12 Fev 2026
17:29

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida 4 ta muhim masala ko‘rib chiqildi:

• 2026-yilda Bulung‘ur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi muhokamasi;

• Tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholi va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, “yashil” tamoyillarni keng joriy etish hamda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalar orqali bandlikni ta’minlash masalalari;

• Aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

• 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lar hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga mablag‘ ajratish masalasi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul mutasaddilarning hisobotlari tinglandi, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan zarur ko‘rsatma va takliflar berildi.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi