Barcha yangiliklar
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi
Gallery image 85792
Gallery image 85793
Gallery image 85794
Gallery image 85795
YUNUSOVA ZUXRA ASLIYEVNA
12 Fev 2026
17:14

Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o'rgandi

 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi 14-Yuksalish saylov okrugidan deputat J.Kamolov xamda Guliston tuman Kengashi 13-Birlashgan saylov okrugidan deputat M.Nabiyevlar tomonidan Guliston tumani “Birlashgan” MFYda yashovchi Rayimberdiyeva Xumora Qo‘ziboyevna va Rayimberdiyeva Dilbar Qo‘ziboyevnalarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, sharoiti og‘ir oilalarning turmush sharoiti o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Rayimberdiyeva Xumora Qo‘ziboyevna va Rayimberdiyeva Dilbar Qo‘ziboyevna opa singillarning o‘z yashash xonadornlari yo‘qligi sababli ukasining uyida og‘ir sharoitda qiynalib yashab kelmoqda, uy-joyga muxtoj holatda. O‘rganishlar davomida har ikki holat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar shakllantirildi. Deputat tomonidan oilaviy ahvoli og‘ir ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar ro‘yhati shakllantirildi.