Barcha yangiliklar
QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI QIZILTEPADA
Gallery image 8624
Gallery image 8625
Gallery image 8626
Gallery image 8627
Gallery image 8628
Gallery image 8629
Gallery image 8630
Gallery image 8631
Gallery image 8632
Gallery image 8633
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
27 Apr 2024
09:18

QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI QIZILTEPADA

QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI QIZILTEPADA

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Aqchagul To‘legenova Qiziltepa tumanida bo‘ldi.

Tumanga tashrif jarayonida deputat avvalo hokimlik binosida Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati, deputatlar, mahallalar mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda qonunchilikdagi yangiliklar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mehanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori va "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi bo‘yicha ma’lumotlar va ulardagi yangiliklar bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek, tumanda Sayxunobod tajribasi va "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha so‘z bordi.

Shu kabi uchrashuvlar, tumandagi Bunyodkor, Xonrabot va Kulolon mahallalari mas’ullari va faollari bilan ham o‘tkazildi. Uchrashuvlarda deputatlarning va aholining muammo va takliflari ham tinglandi.