Barcha yangiliklar
Bo‘ston tuman texnikumida  Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputalarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 85687
Gallery image 85688
Gallery image 85689
Gallery image 85690
Gallery image 85691
Gallery image 85692
Gallery image 85693
Gallery image 85694
Gallery image 85695
Gallery image 85696
Gallery image 85697
Gallery image 85698
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
12 Fev 2026
15:45

Bo‘ston tuman texnikumida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputalarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Tuychiyeva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, tuman Kengashi deputati M.Qodirov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari N.Xabibullayevlar ishtirok etdi.

 Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bunga javoban yoshlarimiz barcha jabhalarda o‘zlarini to‘la namoyon etayotganliklari e’tiborga molik.

Xususan, o‘tgan yili mamlakatimiz hayotidagi turli muhim voqealar, shu jumladan, qabul qilinayotgan hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoshlarga yetkazish jarayonida alohida faollik ko‘rsatganligini ta’kidlash zarur. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlari loyihasi muhokamalari jarayonida minglab yosh avlod vakillarining loyiha yuzasidan takliflari olinganligi hamda eng e’tiborlisi, ushbu takliflardan qonun ijodkorlari jarayonida unumli foydalanilganligi notiqlar tomonidan yoshlarga tushuntirildi.

Muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savolga batafsil javoblar olishdi.