Barcha yangiliklar
Bozorlardagi narx-navolar  — deputatlik nazorati markazida
Gallery image 85640
Gallery image 85641
Gallery image 85642
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
12 Fev 2026
14:54

Bozorlardagi narx-navolar — deputatlik nazorati markazida

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva boshchiligida mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Oltinsoy mahallasidagi savdo dukonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida savdo dukonlarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, shuningdek, narx-navolarning shakllanishi va ochiqligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan savdo rastalaridagi mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, qadoqlanishi va sanitariya holati joyida ko‘zdan kechirildi.