Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi
Gallery image 85616
Gallery image 85617
Gallery image 85618
Gallery image 85619
IRZAYEV JURABEK XUSHVOQ O‘G‘LI
12 Fev 2026
14:32

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Iboyev Saxiddin navbatdagi uchrashuvini saylovchilar bilan o‘tkazdi. Uchrashuv davomida hududdagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.

Deputat dastlab fuqarolar bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Ta’lim muassasasidagi sharoitlar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, joyiga chiqib o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida deputat saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishini, ko‘tarilgan masalalar bosqichma-bosqich hal etilishini ta’kidladi.