Barcha yangiliklar
“Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili bilan suhbat
Gallery image 85605
Gallery image 85606
Gallery image 85607
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
12 Fev 2026
14:32

“Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili bilan suhbat

“Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili bilan suhbat

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi M.Ashurov “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili N.Xudoyqulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 741-sonli qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. (https://lex.uz/uz/docs/4500969?ONDATE=15.05.2024%2000)

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman vakili N.Xudoyqulov bilan suhbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahallarda aniqlangan huquqiy muammolarni o‘zaro birgalikda hal etish bo‘yicha kelishib olindi.