Barcha yangiliklar
INSON QADRI — AMALDA
Gallery image 85569
Gallery image 85570
Gallery image 85571
Gallery image 85572
YUNUSOVA ZUXRA ASLIYEVNA
12 Fev 2026
12:00

INSON QADRI — AMALDA

  Guliston tuman Kengashi 16-A.Qaxxor saylov okrugidan deputat D.Anarkulova tomonidan “Soyibobod” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, sharoiti og‘ir oilalarning turmush sharoiti
o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi 2 nafar fuqaroning xonadonlariga borilib,
ularning kundalik hayot tarzi, yashash sharoiti va mavjud muammolari bilan
yaqindan tanishildi.

Alisher Yo‘ldoshev oilaviy sharoiti og‘ir, bosh miyasidan jarrohlik operatsiya qilishga muxtoj holatda, Ismoilova Fotima oilaviy sharoiti og‘ir, jigar syerrozga jarrohlik operatsiyasiga muxtoj holatda.

O‘rganishlar davomida har ikki holat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar
shakllantirildi.