Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
Gallery image 85481
Gallery image 85482
Gallery image 85483
Gallery image 85484
Gallery image 85485
Gallery image 85486
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
12 Fev 2026
09:24

DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI

 Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati K.Xoldorova va O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi raisi O.Nazirxo‘jayev Xotinqumi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faoliyati
bilan yaqindan tanishdilar.
 

Uchrashuv davomida deputat va “yettilik” hamkorligidagi tashabbuslar muhokama qilinib, mahallalarda qulay infratuzilma yaratish, xavfsizlikni ta’minlash hamda obodonlik ishlarini kuchaytirish orqali aholining kundalik hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 

Shuningdek, tashrif doirasida 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati ham o‘rganildi. Maktabda buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etildi.