Barcha yangiliklar
DAVLAT DASTURI LOYIHASI MUHOKAMA ETILDI
Gallery image 85476
Gallery image 85477
Gallery image 85478
Gallery image 85479
Gallery image 85480
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
12 Fev 2026
09:08

DAVLAT DASTURI LOYIHASI MUHOKAMA ETILDI

 Toshloq tumanidagi “Xamrak” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari va ustozlar ishtirokida O‘zbekiston–2030
strategiyasining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbirda tuman Kengashi raisi, deputat Tursunboy Soliyev hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti
professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, yig‘ilganlarga Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston xalqiga va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda undan kelib
chiqadigan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar. 

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan Davlat dasturini takomillashtirish yuzasidan qator taklif va mulohazalar bildirildi.