Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
Gallery image 85463
Gallery image 85464
Gallery image 85465
Gallery image 85466
Gallery image 85467
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 Fev 2026
00:35

DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Egamberdiyev tomonidan tumanning “Ovchi” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi aholi yashash xonadonlarining ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud infratuzilma, tarmoqlarning texnik holati hamda aholining
murojaat va takliflari atroflicha o‘rganildi.
 

Nazorat tadbiri davomida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda masalalarning ijobiy hal etilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish tavsiya etildi. 

Mazkur deputatlik nazorati tadbirlarining asosiy maqsadi — aholining kommunal xizmatlardan foydalanish sifati va uzluksizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.