Barcha yangiliklar
DЕPUTAT NAZORATI
Gallery image 85348
Gallery image 85349
Gallery image 85350
Gallery image 85351
DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
11 Fev 2026
19:23

DЕPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati B. Yulchiev Farhod mahallasida bunyod etilayotgan yangi mahalla binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan joyida tanishdi.

Tashrif davomida deputat qurilish jarayonining loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining talab darajasida ekanligi hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilinayotganini atroflicha o‘rgandi. Shuningdek, obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, ishlarni jadallashtirish va mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.