Barcha yangiliklar
Қонунчилик палатаси депутати томонидан қонунчиликдаги янгиликлар таништирилмоқда.
Gallery image 8570
Gallery image 8571
Gallery image 8572
Gallery image 8573
Gallery image 8574
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
25 Apr 2024
17:33

Қонунчилик палатаси депутати томонидан қонунчиликдаги янгиликлар таништирилмоқда.

  Bugun shahar Drama teatrida Qonunchilik palatasi deputati G‘ayrat Abdiev, shahar sektor rahbarlari, mahalla yettiligi hamda shahar deputatlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yangi qarorlar va qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha ma’lumot berildi. 

  Xususan, O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishni nazarda tutuvchi qonun bo‘yicha, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani tajribasi, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan islohotlar hamda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish lozimligi takidlab o‘tildi.