Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 85281
Gallery image 85282
Gallery image 85283
Gallery image 85284
Gallery image 85285
Gallery image 85286
Gallery image 85287
Gallery image 85288
Gallery image 85289
Gallery image 85290
Gallery image 85291
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
11 Fev 2026
16:50

Deputatlik nazorati

Parkent tumanidagi Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narx-navo barqarorligi va ta’minot uzluksizligi jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi. Unda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputati Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 16-Bodomtepa saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna ishtirok etdi. O‘rganishlar jarayonida “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”dagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, sanitariya talablariga rioya etilishi va mavsumiy zaxiralar holatiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarga mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bu kabi jamoatchilik nazoratlari davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.