Barcha yangiliklar
SENAT AʼZOLARI “OQ-OLTIN” MAHALLASIDA BOʻLDI
Gallery image 8544
Gallery image 8545
Gallery image 8546
Gallery image 8547
Gallery image 8548
Gallery image 8549
Gallery image 8550
Gallery image 8551
Gallery image 8552
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
23 Apr 2024
17:23

SENAT AʼZOLARI “OQ-OLTIN” MAHALLASIDA BOʻLDI

 Senat aʼzolari mahallada PQ-376-son qarorga asosan tashkil etilgan “Xotin-qizlarning bandligini taʼminlash” markazi bilan tanishdi. Fuqaro Najimova Dilafroʻz tomonidan YATT sifatida faoliyatini boshlagan markazda 8 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlangan. 2 nafariga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan subsidiyaga tikuv mashinkasi ajratilgan. Kelajakda yana 6 nafar xotin-qizni ish bilan taʼminlab, faoliyatini kengaytirmoqchi. 

Mahallada 20 dan ortiq xonadonlarda issiqxonalar tashkil etilgan. 

 Mahallaga biriktirilgan bank xodimi tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida mahalladagi fuqarolarga parrandachilik, issiqxona, asalarichilik yoʻnalishlari boʻyicha 300 million soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratilganligini taʼkidladi.

Deputatlar bilan mahalla yettiligining hamkorlikdagi ishlarini samarali tashkil qilish boʻyicha Senat aʼzolari oʻzlarining tavsiyalarini berdilar.