Barcha yangiliklar
Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 85076
Gallery image 85077
Gallery image 85078
Gallery image 85079
Gallery image 85080
Gallery image 85081
Gallery image 85082
Gallery image 85083
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
11 Fev 2026
11:23

Yangiobodda doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 3-fevral kuni Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi majlislar zalida doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda tuman rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, soha bo‘limlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

Kun tartibidan 2025-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi, mahalliy byudjet mablag‘laridan foydalanish, yoshlar siyosati, aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish, jamoat xavfsizligi, huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olish, sog‘liqni saqlash hamda davlat dasturlari ijrosi bilan bog‘liq masalalar o‘rin oldi. 

Shuningdek, Xalq qabulxonasi faoliyati, bolalar masalalari bo‘yicha komissiya ishlari va Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi.