Barcha yangiliklar
Deputat mahalla yettiligi hisobotiga qatnashdi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Gallery image 85029
Gallery image 85030
Gallery image 85031
Gallery image 85032
Gallery image 85033
Gallery image 85034
Gallery image 85035
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
10 Fev 2026
23:35

Deputat mahalla yettiligi hisobotiga qatnashdi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda
aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur tadbir tashkil etildi.
 

Hisobot yig‘ilishida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev ishtirok etdi. 

Shuningdek, tadbir doirasida deputat saylovchilar bilan uchrashuvi ham o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan
bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
 

Bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish hamda ijrosini nazoratga olish
bo‘yicha kelishib olindi.
 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati