Barcha yangiliklar
Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.
Gallery image 84996
Gallery image 84997
Gallery image 84998
Gallery image 84999
Gallery image 85000
Gallery image 85001
Gallery image 85002
Gallery image 85003
Gallery image 85004
Gallery image 85005
Gallery image 85006
Gallery image 85007
Gallery image 85008
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
10 Fev 2026
18:38

Buloqboshi tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati o’rganildi.

Buloqboshi tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyat mudiri bilan birgalikda Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Gaziev Ulug‘bek bilan suhbat o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv davomida muassasada olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari, sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, sport inshootlari va mashg‘ulot zallarining isitish holati, mavjud sport anjomlari hamda tibbiyotda ishlatiladigan vositalar va ularning foydalanish darajasi atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, sport maktab rahbari bilan suxbatda trener-o‘qituvchilarning ish faoliyati, ularning malakasi, mashg‘ulotlar jadvaliga rioya etilishi, tarbiyalanuvchilar bilan olib borilayotgan ma’naviy-tarbiyaviy ishlar holatiga alohida e’tibor qaratilayotganligini aytib o‘tdi.Sport maktabida shug‘ullanayotgan bolalar va o‘smirlarning qamrovi, ularning musobaqalarda ishtiroki hamda erishilayotgan
natijalar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.