Barcha yangiliklar
DMTT faoliyatiga deputat tomonidan baho berildi
Gallery image 84953
Gallery image 84954
Gallery image 84955
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
10 Fev 2026
17:43

DMTT faoliyatiga deputat tomonidan baho berildi

Tuman Kengashi deputati Baynazarova Gulmira Shakirjanovna navbatdagi o`rganishini O'rtaovul mahallasidagi 15-sonli bog‘chada.

O`rganish davomida deputat bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni, oziq-ovqatlar sifatini va issiqlik tizimini diqqat bilan o‘rgandi. Shuningdek, bolalar bog‘cha faoliyati bilan bog‘liq taklif va muloxazalarni bildirdi.

Deputat murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini belgiladi, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratdi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: https://t.me/urtachirchiq_deputatlari