Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 84865
Gallery image 84866
Gallery image 84867
Gallery image 84868
Gallery image 84869
Gallery image 84870
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
10 Fev 2026
15:56

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisarak saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich oʻzi saylangan okrugidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbirida ishtirok etdi. Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat olib borayotgan Hisorak farzandi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi polkovnigi Furqat Abdugʻofurovich Abduqodirov, Husniddin Aglayev hamda yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi. Ushbu uchrashuv o‘quvchilarning hayotiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish madaniyatini shakllantirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratildi. Uchrashuv davomida polkovnik favqulodda vaziyatlarning turlari, ularning oldini olish, yong‘in, zilzila, suv toshqini kabi holatlarda amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, maktabda faoliyat olib borayotgan yetakchi ustozlar va bir qancha yutuqlarga erishgan bilimdon oʻquvchilar vazirlik xodimlari tomonidan estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.