Barcha yangiliklar
Deputat va yoshlar: Alisher Navoiy merosi e’zozda
Gallery image 84845
Gallery image 84846
Gallery image 84847
Gallery image 84848
Gallery image 84849
Gallery image 84850
Gallery image 84851
Gallery image 84852
Gallery image 84853
Gallery image 84854
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
10 Fev 2026
15:30

Deputat va yoshlar: Alisher Navoiy merosi e’zozda

 Joriy yilning 9-fevral kuni Shahrisabz tumanidagi Polmon mahallasida o‘zgacha
shukuh hukm surdi. Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi deputati N.Shoxdorova
buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585
yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok
etdi.
 

  

Tadbir davomida deputat so‘zga chiqib, Navoiy merosining bugungi yoshlar tarbiyasidagi
beqiyos o‘rni, shoir asarlaridagi insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalari haqida
to‘xtalib o‘tdi. U o‘z nutqida ajdodlarimizdan qolgan boy ma’naviy xazinani asrab-avaylash
va uni kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimiz ekanligini alohida ta’kidladi.
 

  Ushbu uchrashun mahalla ahlida, ayniqsa yoshlarda milliy
g‘urur va adabiyotga bo‘lgan muhabbat hissini yanada jo‘sh urdirgan, samimiy va
mazmunli muloqotga aylandi.