Barcha yangiliklar
2026-yil 6-fevral kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 84833
Gallery image 84834
Gallery image 84835
Gallery image 84836
Gallery image 84837
Gallery image 84838
Gallery image 84839
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
06 Fev 2026
15:21

2026-yil 6-fevral kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

       1. Boʻstonliq tumani prokuraturasining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.

       2. Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

       3. Bo‘stonliq tumanida hokimlik va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

       4. Boʻstonliq tumanida 2025-yil yakuni bilan mahalliy hokimlik va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatlari to‘g‘risida.

        5. Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.

        6. Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

✅Sessiya yakuni bilan tegishli qarorlar tasdiqlandi.