Barcha yangiliklar
9-fevral — buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Gallery image 84799
Gallery image 84800
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
09 Fev 2026
12:09

9-fevral — buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

O‘zbek xalqining ulug‘ shoiri, buyuk mutafakkir va davlat arbobi, turkiy adabiyotning asoschisi Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi nafaqat yurtimizda, balki jahonning ko‘plab mamlakatlarida keng nishonlandi.

Ushbu sana munosabati bilan Termiz shahrida zamonaviy qiyofa kasb etgan, buyuk bobokalonimizning boy ijodiy merosini o‘zida mujassam etgan Alisher Navoiy haykali joylashgan maydonda madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston “Adolat ” Sotsial demokratik partiyasi Termiz shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Mustafakulov faol ishtirok etdi.