Barcha yangiliklar
Deputat mahallada!
Gallery image 84777
Gallery image 84778
Gallery image 84779
Gallery image 84780
Gallery image 84781
Gallery image 84782
Gallery image 84783
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
10 Fev 2026
11:01

Deputat mahallada!

 Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi Shirmonbuloq, Navoiy saylov okrugidan saylangan deputati Akramov Doniyor Abduraxmonovich mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlarini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi. Deputat, xususan, katta yo‘l bo‘yida joylashgan ariqlarning tozalanishi, ularning kengaytirilishi va suv o‘tkazuvchanligi yaxshilanayotganiga alohida e’tibor qaratdi. 

Mazkur ishlar bahor mavsumi oldidan amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli bo‘lib, yog‘ingarchilik davrida suv to‘planishining oldini olish, yo‘l va aholi xonadonlari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ariqlarning tozalanishi nafaqat sanitariya holatini yaxshilaydi, balki mahalla hududining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, obod muhitni yaratishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Deputat obodonlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan mahalla faollari va ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, amalga oshirilayotgan ishlar reja asosida va sifatli bajarilishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot davomida ularning taklif va muammolari tinglanib, kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi. 

Bahor nafasi sezila boshlagan ushbu kunlarda olib borilayotgan obodonlashtirish tadbirlari Shirmonbuloq va Navoiy saylov okrugi hududlarida tozalik, tartib-intizom hamda yashash uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.