Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bog‘izog‘on mahallasida bo‘ldi
Gallery image 84737
Gallery image 84738
Gallery image 84739
Gallery image 84740
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
09 Fev 2026
10:33

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bog‘izog‘on mahallasida bo‘ldi

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Hamroyev Bog‘izog‘on mahallasida bo‘ldi, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida dolzarb masalalar yuzasidan o‘rganish va muloqotlar o‘tkazdi.

️Uchrashuvda to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham va me’yorida o‘tkazish, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, mahalla fuqarolari tomonidan “102” qisqa raqami orqali kelib tushayotgan murojaatlar holati va ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

️Shuningdek, chet davlatlariga chiqib ketgan xotin-qizlarni vatanga qaytarish, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, kiberxavfsizlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.