Barcha yangiliklar
#deputat_nazorati
Gallery image 84685
Gallery image 84686
Gallery image 84687
Gallery image 84688
Gallery image 84689
Gallery image 84690
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
10 Fev 2026
08:59

#deputat_nazorati

🔰Deputat mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi 4-Dalmun saylov okrugi deputati O.Sherov “Dalmunobod” mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlash, shuningdek, tadbirkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar joyida o‘rganildi. Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, amaliy loyihalar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida mavjud masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.