Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Xamrayev, 18-Talliota saylov okrugidan saylangan deputat F.Sidiqov hamda Talliota mahalla yettiligi ishtirokida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 84615
Gallery image 84616
Gallery image 84617
Gallery image 84618
Gallery image 84619
Gallery image 84620
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
07 Fev 2026
20:23

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Xamrayev, 18-Talliota saylov okrugidan saylangan deputat F.Sidiqov hamda Talliota mahalla yettiligi ishtirokida mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida to‘y va boshqa marosimlarni ixchamlashtirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada 102 qisqa raqamiga murojaat qilgan fuqarolar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tushuntirish va suhbatlar olib borildi.

Bundan tashqari, chet davlatlarga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarning oilalari bilan ham suhbat o‘tkazilib, ularning ijtimoiy holati o‘rganildi. Chet elda bo‘lib turgan ayollarni vatanga qaytarish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur uchrashuv mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

t.me/tuman_Kengashi