Barcha yangiliklar
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Gallery image 84498
Gallery image 84499
Gallery image 84500
Gallery image 84501
Gallery image 84502
Gallery image 84503
Gallery image 84504
Gallery image 84505
Gallery image 84506
Gallery image 84507
ACHILOVA SAODAT MUXAMEDJANOVNA
09 Fev 2026
15:00

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

 Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputatlari U. Qo‘chqorov va D.Tajimuratovalar 2026-yil 9-fevral kuni Urganch davlat pedagogika institutida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida "Safimizdagi yoshlar" loyihasi doirasida mazmunli davra suhbati tashkil etildi. 

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan suhbatda yoshlarning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim takliflar o‘rtaga tashlandi. 

Shuningdek Urganch davlat pedagogika institutida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuksak saviyada keng nishonlandi. 

Tadbir davomida talabalar tomonidan Navoiy g‘azallari ifodali tarzda o‘qildi, mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bu chiqishlar ishtirokchilarga chuqur ma’naviy zavq ulashib, Navoiy asarlarida mujassam bo‘lgan insonparvarlik, ma’rifat va vatanparvarlik g‘oyalarini yanada yorqinroq his etish imkonini berdi. 

Tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash va kelajak Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi hamisha xalqimiz uchun ilhom manbai bo‘lib qolaveradi.