Barcha yangiliklar
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining asosi!
Gallery image 84461
Gallery image 84462
Gallery image 84463
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
09 Fev 2026
14:06

Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining asosi!

Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining asosi!

Shahrisabz tumani hokimi S.Xasanov tashabbusi bilan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish va aholi muammolarini hal
etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
 

Xususan, tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov hamda mas’ul tashkilotlar vakillari "Xo‘jaxuroson" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar. Muloqotlar davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi: 

· Ichki yo‘llarni ta’mirlash: Ko‘chalarni asfaltlash va shag‘allashtirish bo‘yicha aholi talablarini o‘rganish; 

· Infratuzilmani yaxshilash: Elektr energiyasi, ichimlik suvi va boshqa ijtimoiy masalalarni joyida tahlil qilish; 

· Ochiq muloqot: Fuqarolarning taklif va murojaatlarini tinglab, ularni bartaraf etish choralarini belgilash.