Barcha yangiliklar
“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
Gallery image 84320
Gallery image 84321
Gallery image 84322
Gallery image 84323
Gallery image 84324
Gallery image 84325
Gallery image 84326
Gallery image 84327
Gallery image 84328
SOBIROV TEMURMALIK ZOKIR O‘G‘LI
09 Fev 2026
09:53

“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda

“Yoshlar fikri – parlament kuchi” shiori ostida “Parlament oromgohi” o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur seminar yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qonun ijodkorligi jarayonlariga keng jalb etish hamda parlament faoliyati haqida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berishni maqsad qilgan. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun parlament tizimi, qonunchilik jarayoni, yoshlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, seminar doirasida ochiq muloqotlar, treninglar hamda tajribali mutaxassislar ishtirokidagi uchrashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning fikr va takliflari tinglanmoqda. Ushbu seminarda Xalq deputatlari Uchqo'rg'on tumani Kengashi deputati 4-"Madaniyat" saylov okrugidan saylangan deputat Muhammadjonov Ma'murjon Marifjon o'g'li Yoshlar
parlamenti a'zosi sifatida Uchqo'rg'on tumani Yoshlar nomidan o'quv seminarida ishtirok etmoqda.