Barcha yangiliklar
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat joyida o‘rganildi
Gallery image 84264
Gallery image 84265
Gallery image 84266
Gallery image 84267
Gallery image 84268
Gallery image 84269
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
07 Fev 2026
17:00

Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.Mirzayev va A.Ermatovlar Vatan mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarning ichimlik suvi bilan bog‘liq murojaatini oʻrgandilar.

O‘rganish jarayonida deputatlarga mahalla raisi hamda Boshqaruv servis kompaniyasi rahbari hamrohlik qildi. Hududdagi mavjud holat, ichimlik suvi ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldidagi aniq vazifalar belgilandi. Mazkur masala shahar Kengashi deputatlari nazoratiga olindi.

Aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish va ularning murojaatlariga tezkor yechim topish deputatlarning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.