Barcha yangiliklar
Deputatlar tumandagi tibbiyot birlashmasida korrupsiyaviy holatlarni о‘rgandilar
Gallery image 84171
Gallery image 84172
Gallery image 84173
Gallery image 84174
Gallery image 84175
Gallery image 84176
Gallery image 84177
Gallery image 84178
IMOMOV ELDOR TURSUNMUROTOVICH
25 Iyun 2025
10:57

Deputatlar tumandagi tibbiyot birlashmasida korrupsiyaviy holatlarni о‘rgandilar

Deputatlar tumandagi tibbiyot birlashmasida korrupsiyaviy holatlarni о‘rgandilar 

Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi tibbiyot birlashmasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya etilishini о‘rganish maqsadida о‘rganish ishlari olib borildi. 

О‘rganish jarayonida tibbiy xizmat kо‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini kо‘rib chiqish tartibi, davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, shuningdek, korrupsiya xavfi yuqori bо‘lgan yо‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi. 

Deputatlar tomonidan О‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi Qonuni talablariga amal qilinishi, tibbiyot sohasida halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ul xodimlar bilan suhbat о‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bо‘yicha takliflar bildirildi. 

О‘rganish yakunlari bо‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda korrupsiyaviy holatlarga yо‘l qо‘ymaslik bо‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur о‘rganish ishlari sog‘liqni saqlash sohasida shaffoflikni ta’minlash, aholiga sifatli va adolatli tibbiy xizmat kо‘rsatishga xizmat qiladi.