Barcha yangiliklar
Jamiyatda halollik muhitini shakllantirish va fuqarolik mas’uliyatini oshirish
Gallery image 84165
Gallery image 84166
Gallery image 84167
IMOMOV ELDOR TURSUNMUROTOVICH
25 Mar 2025
10:37

Jamiyatda halollik muhitini shakllantirish va fuqarolik mas’uliyatini oshirish

Jamiyatda halollik muhitini shakllantirish va fuqarolik mas’uliyatini oshirish

Kumushkent mahallasida aholi ishtirokida jamiyatda halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati A.Xudayberdiyev ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ–419-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan talablar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda aholining faol ishtirokini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Aholidan tushgan savol va takliflarga tegishli tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda adolat, halollik va qonuniylik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.