Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senati ishchi guruhi a’zolari Oqdaryoda
Gallery image 8374
Gallery image 8375
Gallery image 8376
Gallery image 8377
Gallery image 8378
Gallery image 8379
Gallery image 8380
Gallery image 8381
Gallery image 8382
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
25 Apr 2024
10:10

Oliy Majlis Senati ishchi guruhi a’zolari Oqdaryoda

Oliy Majlisi Senatining “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra mahalliy kengash deputatlarining hududdagi mahallalarga biriktirilishi va har chorakda hamkorlikdagi ishlarni mahalliy kengash sessiyasida muhokama qilishlari ko‘zda tutilgan.

Bugun Oliy Majlis Senati a’zosi Gulnora Ma’rufova boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bu borada Oqdaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Senat a’zolari Pichoqchi mahallasida bo‘lib, hokimlik vakillari hamda mahallalarga biriktirilgan deputatlar bilan mahalliy kengash deputatlari va mahalla yettiligi hamkorligi qay darajada tashkil etilganligi yuzasidan suhbatlashdilar.

Shundan so‘ng mahallada tashkil etilgan korxonalar va aholi xonadonlari ko‘zdan kechirildi.