Barcha yangiliklar
KATTAQO‘RGʻON SHAHRIDA DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI QAY DARAJADA?
Gallery image 8357
Gallery image 8358
Gallery image 8359
Gallery image 8360
Gallery image 8361
Gallery image 8362
Gallery image 8363
Gallery image 8364
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
24 Apr 2024
09:42

KATTAQO‘RGʻON SHAHRIDA DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI QAY DARAJADA?

Oliy Majlisi Senatining “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra mahalliy kengash deputatlarining hududdagi mahallalarga biriktirilishi va har chorakda hamkorlikdagi ishlarni mahalliy kengash sessiyasida muhokama qilishlari ko‘zda tutilgan.

Bugun Oliy Majlis Senat a’zolari bu borada Kattaqo‘rg‘on shahrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab, Senat a’zolari shahar hokimligida bo‘ldilar. Hokimlik vakillari hamda mahallalarga biriktirilgan deputatlar bilan mahalliy kengash deputatlari va mahalla yettiligi bilan hamkorlikning qay darajada tashkil etilganligi yuzasidan suhbatlashdilar.