Barcha yangiliklar
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 83927
Gallery image 83928
Gallery image 83929
Gallery image 83930
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
06 Fev 2026
16:04

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari Gulzira Sharipova va Sayyora Ergasheva tashabbusi bilan "O‘zbekiston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Hokim yordamchisi I.Egamnazarov bilan suhbat o‘tkazilganda, shu kungacha Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik qilish istagidagi ayolga non yasash apparati olib berilganligi, kambag‘allik reeystridan 26 nafar fuqaro chiqarilganligi, biriktirilgan
rahbarlar tomonidan moddiy yordam ajratilganligi,
mahallaning 35 nafar fuqarosi kredit bilan ta’minlanganligi,18 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilganligi ma’lum bo‘ldi. Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy extiyojmand toifalarga ko‘rsatilgan yordamlar sifatli tashkil etilganligi xolati yuzasidan nogironligi bo‘lgan fuqarolariga dori-darmon bepul ajratilganligi, kam ta’minlangan oilalarga mablag‘ ajratilgan. Deputatlar tomonidan mahalla yettiligi bilan suhbat o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.