Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Nuroniylarga ehtirom — mahalla qadriyatlariga hurmat ifodasi
Gallery image 83721
Gallery image 83722
Gallery image 83723
Gallery image 83724
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
06 Fev 2026
12:02

Chinoz tumani. Nuroniylarga ehtirom — mahalla qadriyatlariga hurmat ifodasi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M.Mirsodiqov hamda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi tomonidan A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida jamoatchilik asosida samarali faoliyat yuritib kelayotgan “Keksalar maslahati” guruhi a’zolari va faol nuroniylarga ehtirom ko‘rsatildi.

Xususan, mahalla hayotida faolligi, yosh avlodni tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrash va jamoatchilik ishlaridagi munosib hissasi uchun Saidov Qurbon, Xolmirzaev Dilmurod hamda Rustamova Muhtaramlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida nuroniylarning boy hayotiy tajribasi, ibratli faoliyati jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi alohida e’tirof etilib, kelgusida ham ularning tashabbus va maslahatlari mahalla hayotida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.