Barcha yangiliklar
Deputat va IIB hamkorligi!!!
Gallery image 83713
Gallery image 83714
Gallery image 83715
IRZAYEV JURABEK XUSHVOQ O‘G‘LI
06 Fev 2026
11:34

Deputat va IIB hamkorligi!!!

Tuman markazidagi 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida "Kiberxavfsizlikni ta’minlash — davr talabi" shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektori Dilnoza Boymurova va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yoriyeva Gulshan yig‘ilganlarga hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan choralar hamda bu kabi har xil aldovlarga ishonmaslik yuzasidan tushuntirishlar berdi. 

Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni va bank plastik kartalarni begona shaxslarga bermaslik zarurligi qayd etildi. Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javob va ma’lumotlar olishdi.