Barcha yangiliklar
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.
Gallery image 83624
Gallery image 83625
Gallery image 83626
Gallery image 83627
Gallery image 83628
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
06 Fev 2026
09:50

2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 15-Navoiy okrugi deputati Q.Abduqodirov hamda Bog'bon MFY hududidagi mahalla faollari ishtirokida aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Bog'bon MFYdagi Oqqo‘rgonlik va Uchtom ko‘chalari hududida sizot suv tarmoqlarida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar aniqlanib, mavjud holat joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. 

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, muammolarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Mazkur masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va hududdagi infratuzilma holatini yaxshilash ustuvor vazifa etib belgilandi.