Barcha yangiliklar
Deputatlar tumandagi obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqdalar
Gallery image 83536
Gallery image 83537
Gallery image 83538
Gallery image 83539
Gallery image 83540
Gallery image 83541
Gallery image 83542
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
05 Fev 2026
19:58

Deputatlar tumandagi obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqdalar

Hozirgi kunda respublikamizdagi barcha mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalash ishlari amalga oshirilayapdi.

Shu tadbirlar davomiyligi sifatida Muzrabot tumanidagi “Yangi diyor” mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Xususan, asosiy yo‘l chetlari tekislanib, daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Tumanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga hissa qo‘shish maqsadida Xalq deputatlari tuman kengashi raisi S.Nurmahmatov tashabbusi va boshchiligida hamda tuman kengashi deputatlari Sh.Norqobilov, F.Alimov va D.Sherboyevlar “Yangi diyor” mahallasi hududidan o‘tuvchi markaziy avtomobil yo‘li chetlarida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdilar.

Bunday tadbirlarda tuman Kengashi deputatlari doimiy tarzda qatnashib keladilar.