Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 83530
Gallery image 83531
Gallery image 83532
Gallery image 83533
Gallery image 83534
Gallery image 83535
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
05 Fev 2026
19:55

Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D. Danashev raislik qildi. Sessiyada tuman hokimi F.Bo'taxonov , deputatlar va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

 Sessiya kun tartibida tuman prokurori N. M. Mamatazizovning 2025-yil davomida qonuniylikni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J. Mamatqulovning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hisoboti, shuningdek, tuman Adliya bo‘limining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi.

 Shuningdek, 2026-yilda Buloqboshi tumanining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hamda drayver loyihalari muhokama qilindi. Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.