Barcha yangiliklar
Deputatning mahalladagi uchrashuvi haqida
Gallery image 83477
Gallery image 83478
Gallery image 83479
Gallery image 83480
Gallery image 83481
Gallery image 83482
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
05 Fev 2026
18:35

Deputatning mahalladagi uchrashuvi haqida

Xalq deputatlari Oltnsoy tuman Kengashi deputati Hakimov Yusuf Muhammadievich tumandagi “Tog‘aymurod” va "Pahlavon" mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, mahallada mavjud muammolarni hal etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda deputatlar va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati