Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 83369
Gallery image 83370
Gallery image 83371
Gallery image 83372
Gallery image 83373
Gallery image 83374
Gallery image 83375
Gallery image 83376
Gallery image 83377
Gallery image 83378
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
05 Fev 2026
16:01

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • Zarbdor tumanini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
  • 2025-yil davomida tuman mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot;
  • Zarbdor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga qolgan erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish masalasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
  • 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilgan ishlar tahlili;
  • Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi VII-18-145-3-49-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar axborot va hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan muhokamalar olib borildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mazkur sessiya Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining rasmiy YouTube kanalida jonli efirda namoyish etildi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman
Kengashi kotibiyati