Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 83354
Gallery image 83355
Gallery image 83356
Gallery image 83357
Gallery image 83358
Gallery image 83359
Gallery image 83360
Gallery image 83361
Gallery image 83362
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
05 Fev 2026
15:52

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishida Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Jo‘rayev, Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov, shahar Kengashi raisi va deputatlari, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi muhim masalalar kiritildi:

1️⃣ Jizzax shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida.

2️⃣ Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni 2025 yil 1–2-mavsumlarda moliyalashtirish bo‘yicha mablag‘lar ijrosi yuzasidan hisobot to‘g‘risida.

3️⃣ To‘ylar, oilaviy tantanalar va marosimlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi.

4️⃣ Shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2025-yilgi manzilli ro‘yxatga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

Sessiya davomida masalalar yuzasidan mas’ullar axborot va hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.